Endi bola boqqani uchun erkaklarga ham ta’til beriladi
Xalqaro mehnat tashkilotiga a’zo bo‘lgan 187 ta davlatning 45 tasi tomonidan ratifikatsiya qilingan mazkur Konvensiya oilaviy majburiyatlarga ega bo‘lgan xodimlar (ayollar va erkaklar) uchun teng imkoniyat va shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, unga qo‘shilgan davlatlar bunday xodimlarga nisbatan mehnat huquqlari sohasida kamsitishlarning oldini olish choralarini ko‘rish majburiyatini o‘z zimmalariga oladi. Ya’ni, amaldagi qonunchiligimizda bolani parvarishlash ta’tili faqat ayollarga berilar edi. Endi bu qonun loyihasi bilan erkaklarga ham bola boqqani uchun ta’til berish nazarda tutilyapti. Qonunchilikka ko‘ra, bunday ta’til yo ayolga yoki erkakka beriladi. Kimning ta’til olishi masalasi esa o‘zaro oilaviy hal qilinadi.